“Barsa” Levandovski uchun qancha taklif qilgani ma’lum qilindi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Levandovski uchun myunxenliklarga kafolatlangan summa sifatida 35 million yevro to‘lashni mo‘ljallamoqda. Yana 5 million yevro esa nemis klubiga turli bonuslar sifatida to‘lab boriladi.

Ta’kidlanishicha, “Bavariya” bonuslardan tashqari, 40 million yevro talab qilmoqda.

Avvalroq, Germaniyaning birinchi raqamli jamoasi polshalik 33 yoshli hujumchini “Barsa”ga transfer qilish ortidan, 50 million yevro foyda olmoqchi ekani xabar qilingandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Levandovski “Bavariya” safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Polshalik hujumchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali 33 yoshli hujumchini 50 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing