“Barsa” Xoland transferi o‘xshamasa, “kichik Zlatan” bilan shartnoma imzolaydi

Sport

image

“Barselona” Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolay olmasa, uning o‘rniga muqobil variant borasida qaror qabul qildi. Ispan nashrlari xabariga ko‘ra, “Real Sosedad” hujumchisi Aleksandr Isak “ko‘k anorranglilar” uchun muqobil variant sifatida qaralmoqda. 

“Barsa” futbolchini bir necha oy kuzatib bordi. Shuningdek, shved hujumchisining o‘zi ham Kataloniya klubida o‘ynashni istamoqda. Isak “Real Sosedad” sharafini 2019 yilning yozidan beri himoya qilib keladi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

“Transfermarkt” portali Isakni 40 million yevroga baholamoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 22 yoshli hujumchi 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Isak Shvetsiya terma jamoasining asosiy figuralaridan biri hisoblanadi. Zlatan Ibragimovich terma jamoadan ketgach, uning o‘rnida aynan Aleksandr munosib harakat qilib kelmoqda.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing