“Barsa” bugun non sotib olmoqda, lekin ertaga och qolishi mumkin – “Bayer” direktori
Sport
−
11 avgust 2022
2981Germaniyada “Baselona”ning qarorlarini hech kim tushunmaydi. Ular bugun “non” sotib olmoqda, lekin ertaga och qolishlari mumkin. Bu haqda Leverkuzenning “Bayer” klubi direktori Fernando Karroning so‘zlariga tayanib, “Marca” nashri xabar berdi.
“Germaniyaliklar katta mas’uliyat hissiga ega. Ular aqldan ozgan kimsalarning ishini qilmaydi va hech kim ulardan ko‘proq pul sarflamaydi. Germaniyada Ispaniyadagi kabi byudjet ustidan qattiq nazorat yo‘q. Barselona bugun “non” sotib olmoqda, lekin ertaga och qoladi. Bu juda xavfli. Ular hamma narsani bitta kartada o‘ynashdi. Germaniyada bunday qarorlarni hech kim tushunmaydi. Germaniyaliklar uzoq vaqtdan beri “Barsa”dagilar aqlini yo‘qotganiga ishonishadi”, degan “Bayer” rahbari.
Qayd etish kerakki, “Barselona” televizion huquqlarining 25 foizini Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Sixth Street” sarmoyaviy kompaniyasiga sotdi. Dastlab, amerikaliklar tele-huquqlarining 10 foizini sotib olgandi. Keyinchalik “ko‘k anorranglilar” yana 15 foiz TV namoyishlar egaligini “Sixth Street”ga sotdi. Ushbu ikkita bitimning umumiy qiymati qariyb 600 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, kataloniyaliklar “Barsa Studios”ning 24,5 foiz ulushini “Socios”ga 100 million yevroga sotdi. Yomon tomoni yuqoridagi kelishuvlar “Barsa”ni istiqboldagi potensial daromadning katta qismidan ayiradi. “Bayer” rahbari aynan mana shu omilni nazarda tutgan.
Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasida Frank Kesse va Andreas Kristensen erkin agent sifatida “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Dias 58 million yevroga va Robert Levandovski “Bavariya”dan va 45+5 million yevro evaziga xarid qilindi. Qolaversa, “Sevilya” klubi futbolchisi Jyul Kunde 50 million yevro evaziga sotib olindi.
LiveBarchasi