“Barsa” Bernardu Silva uchun qancha pul atagani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” futbolchisi Bernardu Silvaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist, insayder Jerar Romero xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi portugaliyalikni 50-60 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirgan. Tomonlar o‘rtasida yaqin kunlarda yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda kelishuvning barcha tafsilotlari batafsil muhokama qilinadi.

Qayd etilishicha, Bernardu “Barsa”ga o‘tmoqchi, biroq muzokaralar cho‘zilib ketgani unga yoqmayapti. U imkoni boricha tezroq “ko‘k anorranglilar” safiga o‘tishni niyat qilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Silva “Manchester Siti” safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Yangi mavsum start olgach, “shaharliklar” “Liverpul”ga qarshi Superkubok bahsida va Angliya Premer ligasi 1-tur uchrashuvida “Vest Xem”ga qarshi uchrashuvida maydonga tushdi. Bernardu ikki o‘yinda ham qatnashgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing