“Barsa” 10 foiz TV huquqlarini qanchaga sotmoqchiligi aytildi
Sport
−
29 iyun 2022
3970Ispaniyaning “Barselona” klubi televizion huquqlarining bir qismini sotadi. Bu haqda “Axios” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Sixth Street” sarmoyaviy kompaniyasi ispan klubining televizion media huquqlarining 10 foizini 205 million yevroga sotib oladi.
Qayd etish joizki, “Barsa” rahbariyati jamoadagi moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirish uchun televideniye huquqlarining 25 foizini va merchandaysing biznesining deyarli 50 foizini sotishga qaror qilgan edi. Shuningdek, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta futbolchilarning maoshi keskin qisqartirilishini va “Barselona” hech qaysi futbolchiga yiliga 10 million yevrodan ko‘p pul to‘lamasligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, “Sixth Street” investitsion kompasniyasi “San-Antonio” basketbol jamoasining 20 foiz ulushiga egalik qiladi. Shuningdek, ushbu kompaniya “Barselona”ning ashaddiy raqobatchisi “Real Madrid”ga ham 380 million dollar sarmoya kiritadi. Bu orqali Madrid klubi stadiondan tushgan daromadning 30 foizini “Sixth Street”kompaniyasiga o‘tkazadi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi