"Barsa” himoyachisini MYUga o‘tkazmoqchi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi himoyachi Serjino Destga chiqish eshiklarini ko‘rsatgan. Ispanlar murabbiyi Destni rejalariga kiritmaganini va o‘ziga yangi jamoa izlashini bir necha marotaba aytib o‘tgan. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi 

Yangi boshlangan mavsumda Katalon klubi La Ligada 3 ta turni o‘tkazdi. Biroq, ushbu bahslarning birortasida amerikalik himoyachi maydonda harakat qilmadi. Manbaga ko‘ra himoyachi jamoani tark etishni istamayapti.

Manbada berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Destning keyingi manzili Manchesterning “qizillar”i bo‘lishi mumkin. 21 yoshli o‘ng qanot himoyachisi ingliz klubiga o‘tish uchun yo‘li ochiq, ammo shartnomaning muvaffaqiyatli amalga oshishi bir necha omillarga bog‘liq.

MYU bosh murabbiyi Erik ten Xag “Ayaks”da Dest bilan ishlagan va shuning uchun uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Biroq, Serjinoning transferi Aaron Uan-Bissakining kelajagiga bog‘liq. Bu yozda 24 yoshli futbolchiga "Kristal Pelas" va “Vest Xem” jamoalari qiziqish bildirgan, ammo hozircha u MYU bilan qolmoqda.

MYU agentlar orqali "Barsa"ga Uan-Bissakini Destga almashtirishni taklif qilgan, ammo bu variant kataloniyaliklarni qiziqtirmadi. “Barsa” Destni 20 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Biroq, "ko‘k-anorranglilar”ning Serjinodan xalos bo‘lish istagini hisobga olgan holda ayrim manbalar klub moliyaviy xarajatlarni kamaytirishi uchun Destni sotib olish huquqi bilan ijaraga berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra amerikalik himoyachining narxi 18 million yevroni tashkil etadi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing