Barcha davrlarning eng serdaromad sportchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

−

image

Dunyodagi mashhur sportchilar faoliyati davomida qancha pul ishlab topgani tahlili qilindi. “Via Sportico” nashri tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, eng serdaromad 25 nafar sportchi orasida, 4 nafar futbolchi joy oldi. Ular Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi David Bekxem va Neymardir.

Nashrga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu jami 1,24 milliard yevro daromad bilan 5-o‘rindan joy oldi, Lionel Messi esa Krishtianudan salkam 100 million yevro kam ishlab topgan holda 8-pog‘onadan joy oldi. 

Afsonaviy futbolchi Bekxem butun karerasi davomida 1 milliard yevro ishlab topgan va ushbu reytingda 12-o‘rinni egallagan.

Neymar esa 615 million yevro ishlab topib, 21-o‘rinni band etgan.

Ma’lumot o‘rnida, eng boy sportchilar kuchli uchligini basketbolchi Maykl Jordan va golf ustalari Tayger Vuds va Arnold Palmer joy olgan.

To‘liq ro‘yxat:

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing