Barcha hududlarda OTMga kirish uchun test sinovlari yakunlandi

Jamiyat

image

Kecha, 20 avgust kuni barcha hududlarda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, test sinovlari hududlarda quyidagi kunlarda yakunlangan:

•  12 avgust kuni – Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
•  17 avgust kuni – Samarqand viloyatida;
•  19 avgust kuni – Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida;
•  20 avgust kuni – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 avgust kuni 2022-2023 o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

965

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing