Barcha hokimlarning qarorlari yagona bazada yuritiladi

Jamiyat

image

“Elektron qaror” axborot tizimi yaratiladi, unda hokimlarning barcha qarorlari yagona bazasi yuritiladi. Ish staji va oylik ish haqini tasdiqlatish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani talab qilish bekor qilinadi. Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov ma’lum qildi:

“2021 yilda elektron davlat xizmatlarini kengaytirish masalasiga e’tibor qaratiladi. Jumladan, yagona portalda qo‘shimcha 60 turdagi elektron xizmat joriy qilinishi vazifasi belgilangan. Masalan, joriy yildan ish staji va oylik ish haqini tasdiqlatish to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini talab qilish to‘liq bekor qilinadi. Mahalliy boshqaruv organlari, hokimliklar faoliyatini takomillatirishga alohida e’tibor qaratiladi. “Elektron qaror” axborot tizimi yaratiladi. Unda hokimlarning barcha qarorlari yagona bazasi yuritiladi”, deydi Umarov.

Unga ko‘ra, Nukus, Urganch, Namangan va Termiz shaharlarida IT-park filiallari ochiladi. Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida “Yoshlar texnoparklari» ochiladi. Toshkent viloyatida bu yil sentyabr oyida TATU filiali ochiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing