BARAKA MARKET oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘i haqida mijozlar qanday fikrda?

Biznes

image

Bugungi kunda 30 ta quyoshli do‘kon o‘zining yorqinligi bilan barchani quvontirmoqda va Toshkentning barcha tumanlarida ajoyib kayfiyat bag‘ishlamoqda. BARAKA MARKET poytaxt aholisi asosan nimalarni sotib olishayotganini va chakana savdo tarmog‘i rastalarida yana nimalar sotilishini istashlarini aniqlab olish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildi. Va, albatta, xizmat haqida mijozlarimizning fikrlarini va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini bilib olish uchun ham bu ishga qo‘l urildi.

Ulardan eng qiziqarlilari ushbu materialda jamlangan.

Zuxra, 43 yoshda, uy bekasi

Yangi do‘kon haqida ijtimoiy tarmoqdan bilib oldim va turmush o‘rtog‘im bilan birgalikda uni borib ko‘rishga qaror qildim. Menga juda yoqdi – ozoda, yorug‘ va yorqin do‘kon. U yer tartibli, barcha sanitariya me’yorlariga rioya qilingan va kerakli mahsulotni topish oson. Yaxshi assortiment, barchasi bir joyda. Mening fikrimcha, endi borib, kelajakda foydalanish uchun zaxiralashga harid qilishning hojati yo‘q. Agar siz bizning hududimizda – Olmazor tumanida, Qoraqamish 2/4 da ham do‘konlaringizni ochsangiz juda xursand bo‘lamiz.

Laylo, 35 yosh, shaxsiy tadbirkor

Uyim yaqinidagi do‘konlardan yangi meva va sabzavotlarni topish men uchun har doim muammo bo‘lgan. Qachon borsam, ular menga doim bir xil javob berishadi – ertaga hammasini olib kelamiz, bugun tugadi. Bugun BARAKA MARKETga kirdim. Yangi mahsulotlar (fresh) bo‘limidagi tovarlar juda sifatli. Meni assortiment hayron qoldirdi, hattoki avokado sotib oldim, odatda buning uchun shahar markaziga borar edim.

Marina, 26 yoshda, yosh ona

Uyning yonida bunday do‘kon ochilgani va eng muhimi, uning soat 23:00 gacha ishlashi ajoyib. Bu juda qulay. Chunki turmush o‘rtog‘im ishdan kech keladi va u uyga oziq-ovqat sotib olishi mumkin. Bu yerda hamma kerakli narsani bitta joyda sotib olishingiz mumkin va narxlar yuqori emas. Men uchun ona sifatida yangi sifatli mevalar va sut mahsulotlari juda muhimdir. Ushbu do‘kon ochilgani juda yaxshi bo‘ldi. Yaqinda boshqa do‘konlarda anchadan beri uchratilmagan nonni shu yerdan topdim. Yangi yil uchun mahsulotlarni hech qayerga bormasdan hammasini shu yerdan harid qilishga qaror qildik.

Bahodir, 38 yoshda, buxgalter

Sizda yaxshi assortiment mavjud, uy uchun hamma narsani sotib olish mumkin. Ammo, shu bilan birga, men bu yerda yangi, toza baliqlar ham sotilishini taklif qilgan bo‘lar edim. Men haftada bir marta oilam uchun sudak balig‘ini pishirishni yaxshi ko‘raman. Uni sotib olish uchun qayergadir uzoqqa borishga esa vaqt yo‘q.

Anjela, 29 yoshda, jurnalist

Do‘konlar yaxshi, ozoda, zamonaviy, ko‘pi mahalliy mahsulotlar, lekin men bu yerga kelib yangi narsa topaman deb o‘yladim. Agar ko‘proq import mahsulotlarini olib kirsangiz juda yaxshi bo‘lar edi. Uzoq vaqt davomida Moskvada yashaganman va u yerda sut hamda pishloq mahsulotlarining turlari ancha ko‘pligiga o‘rganib qolganman va shu kabi assortimentni bu yerda ham ko‘rishni istardim.

Temur, 49 yoshda, taksi xizmati haydovchisi

Men o‘tib ketayotib, yo‘l yuzidagi yorqin to‘q sariq bannerli yozuvni ko‘rdim. Buni sezmaslikning iloji yo‘q. Men yangi do‘konga kirib ko‘rishga qaror qildim va hayron qoldim. Ozoda, yorug‘ do‘kon. Meva-sabzavot, go‘sht va makaron mahsulotlari keng assortimentda. Ammo, ayniqsa, mehribon va e’tiborli xodimlar yodimda qoldi – bir xodim keksa ayolga oziq-ovqatlarini ko‘tarishib olib borishda yordam berganini ko‘rdim. Uyga ko‘p mahsulotlar sotib olishga qaror qildim, chunki narxlari menga yoqdi. Nukus shahrida ham bu kabi savdo do‘konlarini ochishingizni istar edik.

So‘rov davomida ma’lum bo‘lishicha, har bir mahallada BARAKA MARKET do‘konlarini kutishmoqda. Eslatib o‘tamiz, dekabr va yanvar oylarida poytaxt tumanlarida 50 ta savdo joylari ochiladi. 2021 yilda siz BARAKA MARKET quyoshli do‘konlarini nafaqat Toshkentda, balki respublikaning boshqa hududlarida ham topishingiz mumkin.

Allaqachon ochilgan do‘konlarning joylashgan manzillarini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin

15 yanvar kuni esa soat 10:00 va 11:00 da yana ikkita savdo nuqtasi ochiladi:
 1. Yunusobod tumani, 8-uy
 2. Yakkasaroy tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy.
Yangiliklarni kuzatib boring, bayramona ochilishlarga tashrif buyuring va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Eng faol obunachilarimiz uchun biz esdalik sovg‘alari va mukofotlar tayyorlab qo‘ydik.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Telefon: (+998) 90−024−17−10

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing