BARAKA MARKET’dan yangi yil ta’mi
Biznes
−
25 dekabr 2020
6229Barchamiz bolalikdan suvli mandarin hamda apelsinning hidi va mazasini qish, Yangi yil hamda sehr kutish bilan, shuningdek, shirinliklar bilan bog‘laymiz. ularsiz yangi yil dasturxonini tasavvur qilishning iloji yo‘q.
Bugungi kunda ushbu quyoshli sitrus mevalarni do‘konlarda yil davomida, har kuni topish mumkin bo‘lsa-da, yangi yil arafasida ular alohida ma’no va ramzga ega bo‘lib qolaveradi. Mandarin va apelsinning xushbo‘y hidi bilan birga uylarga iliqlik, qulaylik va ayozli yangilanish, tabiiyki, ajoyib bayram hissi kirib keladi. Sitrus mevalar (ayniqsa, apelsin, limon, mandarin va greypfrutlar) S vitaminiga boy sanaladi. Shuning uchun ham sovuq kunlarda va gripp kasalligi ko‘p uchraydigan mavsumda bu mevalarni faol iste’mol qilish muhimdir. Bundan tashqari, ushbu mevalar stressga qarshi turishga va o‘zini yaxshi xis etishga yordam beradi.
Shuningdek, mandarinlarning foydali xususiyatlari haqida ham unutmaslik lozim. Hamma uning tana uchun zarur bo‘lgan vitaminlar ombori ekanligini ko‘p eshitgan. Bundan tashqari, u chanqoqni bosadi va hatto, shamollashdagi haroratni pasaytirishga yordam beradi. Mandarinlar, shuningdek, depressiyani oldini oluvchi foydali mahsulot ham hisoblanadi. U asab tizimini tinchlantirish va organizmning umumiy quvvatini oshirishga qodir. Uning to‘q sariq rangga ega bo‘lishi ham bejiz emas: bu rang bizda poziti va mehrga to‘la tuyg‘ularni, ijodiy faoliyatni uyg‘otadi, miya faoliyatini rag‘batlantiradi, shuningdek, tanaga quvvat, iliqlik va hotirjamlik baxsh etadi.
Kayfiyatni shokolad va shirinliklar ham yaxshilaydi. Chunki ularning tarkibida hammaga “baxt gormoni” sifatida tanilgan serotonin mavjud. Shokolad tarkibida B vitamini ham kam emas. Shuning uchun u tinchlantiruvchi vosita sifatida asab tizimiga ta’sir etadi. Bu miyaga ham foydali. Umuman olganda, juda ko‘p ijobiy xususiyatlarga ega!
Ammo shuni tan olish kerakki, hech narsa aksiya va maxsus takliflardek kayfiyatni ko‘tarib, ijobiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqarmaydi. Bu bo‘yicha mijozlar BARAKA MARKET uyi yaqinidagi do‘konlardan to‘q sariq rangli mevalar va shirinliklarni harid qilishlari mumkin. Chunki aynan shu joyda xodimlar mahsulotlarni tanlab olish hamda yetkazib beruvchilarni tanlashga jiddiy va e’tibor bilan yondashadilar. Bu yerda narxlar ham baland emas. Chunki O‘zbekistondagi birinchi oilaviy do‘kon siyosati oilaviy byudjetingizni tejash uchun narxlarni adolatli saqlashga qaratilgan. BARAKA MARKET do‘konlar tarmog‘i xodimlari savdo shahobchalarining har qanday ish vaqtida zarur, barqaror va uzluksiz assortiment mavjudligiga kafolat beradi. Shuningdek, bu yerda muhit juda yaxshi: ozoda va yorug‘ xonalar, bularning barchasi mehribon va e’tiborli xodimlar bilan birgalikda har bir mijoz o‘zini muhim mehmon kabi his qilishlari uchun yaratilgan.
18 ta yorqin quyoshli BARAKA MARKET do‘konlari allaqachon poytaxtning 12 ta tumanida soat 08:00 dan 23:00 ga qadar ishlamoqda. Manzillar bilan tarmoq veb-sayti havolasi orqali tanishishingiz mumkin:
26 dekabr kuni soat 10:00 da esa quyidagi joylarda bayramona ochilish marosimlari bo‘lib o‘tadi:
• Sergeli tumani, Jahonaro ko‘chasi, 2A uy;
• Olmazor tumani, Nozimaxonim ko‘chasi, 12 uy.
28-30 dekabr kunlari esa, yana 6 ta do‘kon o‘z eshiklarini tantanali ravishda ochadi.
Ijtimoiy tarmoqlarimizda yangiliklarni kuzatib boring va BARAKA MARKET do‘konlari bilan birgalikda “vitaminlaning”!
Sayt
Facebook
Instagram
Telegram
Telefon: (+998) 90−024−17−10
LiveBarchasi