BARAKA MARKET’dan qish kunida quyoshli yoz muhiti
Biznes
−
10 dekabr 2020
79549 dekabr kuni soat 10.00 da “BARAKA MARKET” “uy yaqinidagi” shaklidagi oziq-ovqat do‘konlarining yangi chakana savdo tarmog‘ining dastlabki beshta ob’ekti yorqin va mehmondo‘stlik bilan o‘z eshiklarini ochdi. Qishning ayozli kuni va qor bo‘lishiga qaramay, ochilish marosimi ko‘plab odamlarni o‘ziga jamladi. Bolalar ajoyib taomlar va sharlar hadya qilgan ulkan ajoyib to‘q sariq quyosh yonidan bee’tibor o‘ta olmadilar, kattalar esa g‘ayrat bilan sovrinli o‘yinlarda qatnashdilar va maxsus narxlarda xaridlar qildilar hamda fotosurat zonasi mehmonlarni kungaboqar dalali iliq yozga olib o‘tdi.
Xaridorlarni nima shunchalik o‘ziga jalb qiladi? “BARAKA MARKET” oziq-ovqat tarmog‘ining uy yaqinidagi do‘konlari, katta bo‘lmagan maydonga egaligiga qaramay, sanitariya sharoitlari, mahsulotlarni saqlash me’yorlari va tovar joylashmalari tamoyillariga qat’iy rioya etilishini kafolatlaydi. Shuningdek, barqaror va kerakli mahsulot turlari hamda narxlar darajasi bo‘yicha iste’molchilarni qoniqtiradi. Har doim uydan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan BARAKA MARKET do‘konlari tarmog‘ida eng qulay xaridlar uchun hamma narsa puxta o‘ylangan:
• yorug‘ va toza xona;
• qulay tartib va joylashuv;
• adolatli narxlar va o‘ylangan mahsulot turlari;
• e’tiborli va xushmuomala xodimlar.
Do‘konlar sizga va oilangizga yangi hamda tanlab olingan meva va sabzavotlar, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari va gastronomiya, mazali va foydali non mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalarni taklif etadi. Bularning barchasi turli xillarda va adolatli narxlarda.
Dastlabki do‘konlarning unutilmas ochilish marosimida ishtirok etganlar bunga amin bo‘lishdi. Va yaqinda har bir xaridor va’da qilingan gaplarni amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Biz dastlabki beshta savdo ob’ektlarini ochmoqdamiz, yanvarda esa ularning soni 50 taga yetadi. 2021 yilda siz BARAKA MARKET do‘konlarini Toshkentning har bir tumanida va boshqa joylarda topishingiz mumkin. Bizning brendimiz Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari yana respublikaning boshqa viloyatlarida ham namoyish etiladi” – dedi ochilish marosimida BARAKA MARKET do‘konlar tarmog‘ining “Urban Retail” MCHJ QK Bosh direktori Valeriy Razumov.
BARAKA MARKET uy yaqinidagi do‘konlari tarmog‘i yaqin kelajakda faol rivojlanib, mamlakatning chakana bozoriga yangi tajriba va savdo texnologiyalarini olib kirishni rejalashtirmoqda. Loyiha mahalliy bozorning eng yaxshi mutaxassislaridan tashkil topgan va ularning har biri Rossiya, Belorusiya, Qozog‘iston bozorlarida chakana savdo sohasida ko‘p yillik tajribaga ega TOP-menejerlardan iborat guruh tomonidan amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar o‘zlari bilan ko‘p turli mahsulotlarni boshqarish, sifat nazorati va yuqori xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish bo‘yicha xalqaro standartlarni olib kelishdi.
Mutaxassislarning barcha ishlari kompaniya maqsad-vazifalarini amalga oshirishga, jumladan, mahsulotlarning sifatiga amin bo‘lib, ularning kerakli optimal turlarini bitta do‘konda, adolatli narxlarda va yaxshi xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlagan holda O‘zbekistondagi xaridorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda ularning vaqtini tejashga qaratilgan.
Do‘konlarning har bir ochilishi – har bir mahallada har bir oila uchun bayramdir. Va BARAKA MARKET tarmog‘i jamoasi har doim shunday bo‘ladi, deb ishontiradi. Tadbirlarimiz va yangiliklarimizni kuzatib boring. Barakada baraka bor!
LiveBarchasi