Banklarda oltin yombilarini sotish boshlanadi

Jamiyat

image

Tez orada banklarda oltin yombilari sotuvi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov bank Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilgan. 
 
Bank raisining aytishicha, ishlab chiqarilgan oltin va kumush tangalar sotib tugatilgan. Buning ustida ishlar olib borilmoqda. Maqsad faqat tangani chiqarish bilan cheklanib qolish emas, balki uning tematikasi, dizayni, numizmatik ahamiyatini ham oshirishdir. 

“Agar hozir tangalar bir xil hajmda bo‘lsa, kelgusida ularning hajmi ham har xil bo‘ladi. Bu jarayon davom etadi. Bundan tashqari, yaqinda banklar orqali oltin yombilarini sotish ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada hozirda ish olib borilmoqda”, dedi Mamarizo Nurmurotov. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 sentyabr kuni Markaziy bank asosiy stavka hajmini 14 foizga pasaytirgan edi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

oltin Markaziy bank

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing