Banklarda dollar kursi yana rekord o‘rnatdi
Jamiyat
−
15 dekabr 2021 21219 1 daqiqa
Bugun, 15 dekabrdan O‘zbekistondagi tijorat banklarida AQSH dollarining sotuv kursi 10 900 so‘mgacha ko‘tarildi. Bu mamlakatda dollar kursi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘z navbatida, tijorat banklari AQSH dollarini 10 830-10 840 so‘m oralig‘ida sotib olmoqda.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank tomonidan belgilangan dollarning rasmiy kursi 15 dekabrdan 10 845 so‘mni tashkil qilmoqda.