Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘ladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:

  • prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta’minlash maqsadida – tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra;
  • tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida – tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.

Qayd etilganidek, endilikda tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi organlar bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing