Bangladeshdagi masjidda namoz vaqti portlash yuz berdi

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Bangladeshdagi masjidda 6 ta konditsionerning portlashi natijasida 11 kishi, shu jumladan, bir bola halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Hodisa Narayanganj shahrida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlardan tashqari, 50 kishi jarohatlangan. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, ularning aksariyati nafas olish yo‘lida shikastlanish, shuningdek, tananing 30 foizidan ko‘prog‘i kuyishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuz bergan paytda masjidda odamlar namoz o‘qiyotgan bo‘lgan. Portlash natijasida masjidda derazalar uchib ketgan, shiftga o‘rnatilgan havo aylantirgichlar yonib ketgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, portlash quvur liniyasidan sizib chiqqan gaz to‘planib qolishi natijasida yuzaga kelgan.

Mahalliy hokimiyat qurbonlarning oilalariga 235 dollardan, jarohatlanganlarga esa 118 dollardan to‘lashni o‘z zimmasiga oldi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing