Bangladeshda 500 kishini olib ketayotgan kema yonib ketdi

Olam

image

Bugun, 24 dekabr kuni Bangladesh janubidagi Jalakati tumanida odamlarni olib ketayotgan uch qavatli parom yonib ketdi. Oqibatda 38 kishi xalok bo‘lgan.Bu haqda "Reuters" nashri xabar berdi.

Hodisa mamlakat janubida, kema poytaxt Dakkadan Jalakati orqali Barguna tomon ketayotganda yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra paromda 500 kishi bo‘lgan.

Qidiruv guruhlari xodimlari qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilishmayapti.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in dvigatel xonasida sodir bo‘lgan va u yerdan butun kema bo‘ylab tarqalgan.

Hozirgacha 38 jasad topilgan, 100 ga yaqin odam kuyish jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.

Avvalroq, Bangladesh sharqidagi Brahmanbariya munitsipalitetida qayiqning trauler bilan to‘qnashib ketishi oqibatida  20 kishi halok bo‘lgan edi.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing