Bangkokning rasmiy nomi o‘zgardi
Olam
−
16 fevral 2022
14933Tailand Qirollik Ilmiy Kengashi mamlakat poytaxtining rasmiy xorijiy nomi Bangkokdan Krung-Txep-Maxa-Nakxoga o‘zgarganini e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Yangi poytaxt nomi “Farishtalar yurti – buyuk poytaxt” degan ma’noni anglatadi. Kengash tarqatgan hujjatda Krung-Txep-Maxa-Nakxon nomi bilan bir qatorda Bangkok ham qo‘llanilishi ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, avvalroq, Vazirlar Mahkamasi mamlakatlar, hududlar, ma’muriy zonalar va poytaxtlar nomlarini yangilash loyihasini tasdiqlagan. Taxminlarga ko‘ra, Bangkokning yangi nomi maxsus qo‘mita tomonidan tekshirilmaguncha qabul qilinmaydi.
“Kengash xalqaro geografik nomlar lug‘atida mamlakatlar, hududlar, ma’muriy zonalar va poytaxtlar imlosini “mavjud vaziyatni aks ettirish uchun” yangiladi. Agar Krung-Txep-Maxa-Nakxon poytaxtning rasmiy xorijiy nomiga aylansa, Bangkok qavs ichida olinadi. Shu bilan birga, ba’zi boshqa mamlakatlarda bosh harflar va geografik nomlarning imlosi ham o‘zgartirildi”, deyiladi xabarda.
Tailand poytaxti har doim Tailand tilida Krung-Txep-Maxa-Nakxon nomi bilan atalgan, ingliz nomi esa tarixan Bangkok bo‘lgan. 2001 yil noyabr oyida kengash Bangkokning rasmiy nomi sifatida foydalanishni e’lon qilgan.
LiveBarchasi