Baliq boshidan: G‘uzor hokimiyati 56 mln so‘mlik energiyadan o‘g‘rincha foydalangan

Jamiyat

image

Baliq boshidan degan gap bor o‘zbek xalqida. Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida hokimligiga qarashli binoda elektr energiyasiga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlatning puli talon-taroj qilib kelingan.

“O‘zenergoinspeksiya”dan xabar qilishlaricha, G‘uzor tuman hokimligiga qarashli binoda o‘rnatilgan hisoblagich dasturda o‘chirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib foydalanayotganligi aniqlanib, bayonnoma tuzilgan va 55 896 300 so‘m (124 214 kVt.s) hisoblanmagan energiya qiymati aniqlangan. 

Shuningdek, Qarshi shahrida o‘tkazilgan o‘rganishlarda Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ko‘cha chiroqlari elektr ta’minoti hisob nuqtalari o‘rganilganda, bitta hisob nuqtasida hisoblagichsiz o‘zboshimchalik bilan ulanganligi, bitta hisob nuqtasida hisob-sxema buzilganligi, ya’ni hisoblagich ajratib qo‘yib ishlatilayotganligi, 4 ta hisob nuqtasida mavjud transformator punkti va hisoblagichlar shartnoma va dasturga kiritilmasdan ishlatilayotganligi aniqlanganlar. Holat bo‘yicha jami 335 618 600 so‘m (745 819 kVt.s)ga qayta hisob qilingan va undirishga yo‘naltirilgan.

Yuqoridagi holatlarda uzoq davr mobaynida iste’molchilarning energiyadan noqonuniy foydalanish holatlari nazoratsiz qoldirilganligi uchun mas’uliyatini oshirish bo‘yicha majburiy ijro byurosi va elektr ta’minoti korxonasi xodimlariga ko‘rsatmalar berilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

G'uzor tumani hokimligi

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar