Baliq boshidan. Farg‘onada prokuror 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida noqonuniy ravishda yer ajratib berish evaziga pora so‘ragan katta prokuror ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 yanvar kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi va davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. 

Tadbir davomida aniqlanishicha, Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori A.T. mansab vakolati doirasiga kirmasada, fuqaro A.X.dan unga tegishli bo‘lgan go‘sht do‘koni orqa tomonida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

Kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirish evaziga 1000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan. 

Shu kuni mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarga ko‘ra, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

960

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing