Baku Armanistonni Qorabog‘da har qadamni minalashda aybladi

Olam

image

Baku yana Armanistonni vaziyatni normallashtirish jarayoni va mintaqada tinchlik o‘rnatish harakatlariga to‘sqinlik qilayotganlikda aybladi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi (TIV) ning mamlakatda davom etayotgan mina xavfi bilan bog‘liq bayonotida aytiladi. 

Vazirlikning eslatishicha, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 21 noyabr kuni Ozarbayjonning Lochin viloyatidagi Saribaba balandligining shimoliy yo‘nalishida PMN-E tipidagi 350 ta piyodalarga qarshi minalar topilgan. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, minalar 2021 yilda Armanistonda ishlab chiqarilgan va hali Ozarbayjon hududidan chiqmagan Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan o‘rnatilgan. 

TIV joriy yilning avgust oyidan buyon Armaniston-Ozarbayjon chegarasining Kalbajar va Lochin yo‘nalishlarida 1119 ta, Qorabog‘ iqtisodiy rayoni hududida 1609 ta mina topilgani va zararsizlantirilganini ta’kidladi. 

“Bularning barchasi Armaniston 2020 yil 10 noyabrdagi uch tomonlama bayonotning 4-bandiga zid ravishda o‘z qurolli tuzilmalarini Ozarbayjon hududidan to‘liq olib chiqmaganligini yana bir bor ko‘rsatadi”, deya ta’kidlaydi TIV. 

Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Armanistonni Ozarbayjonga qarshi noqonuniy faoliyat va provokatsiyalar uchun Lochin koridoridan foydalanganlikda aybladi. Vazirlikning qayd etishicha, minalar Ozarbayjon hududiga Lochin yo‘lagi orqali olib o‘tiladi va bu, o‘z navbatida, uch tomonlama bayonot 6-bandining jiddiy buzilishi hisoblanadi. 

Armaniston tomonidan davom etayotgan provokatsiyalar mintaqada keng ko‘lamli tiklash va qurilish ishlariga, ushbu hududlarda yashovchi tinch aholi xavfsizligiga, sobiq ichki ko‘chirilganlarni o‘z vatanlariga qaytarish jarayoniga tahdid solmoqda. 

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda ikkinchi Qorabog‘ urushi tugaganidan beri 268 Ozarbayjon fuqarosi minalardan jabr ko‘rgan, 45 kishi halok bo‘lgan, ulardan 3 nafari jurnalist va 35 nafari tinch aholi vakillari. 

“Bularning barchasi Armanistonning mintaqada tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va normallashuv jarayoniga to‘sqinlik qilayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Armanistonning bunday harakatlari urush jinoyati, xalqaro gumanitar huquq va uch tomonlama bayonot bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni jiddiy buzish hisoblanadi”, deya ta’kidlagan Tashqi ishlar vazirligi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing