Baxtiyor Saidov G7 elchilari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
26 mart
3359O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Katta yettilik” mamlakatlarining O‘zbekistondagi elchilari bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Uchrashuvda AQSH elchisi Jonatan Xenik, Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart, Fransiya elchisi Oreliya Bushez, Germaniya elchisi Tilo Klinner, Italiya elchisi Agostino Pinna, Kanada elchisi Alan Xemson, Yaponiya elchisi Takashi Xatori hamda Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrian qatnashgan.
“Savdo to‘siqlarini bartaraf etish, yangi ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarini yaratish, kooperatsiya loyihalariga investitsiya jalb etish va boshqa masalalar yuzasidan umumiy sa’y-harakatlarimizni birlashtirish muhim ahamiyatga ega”, deb yozgan Saidov postida.
LiveBarchasi