Baxtiyor Rahmonov Toshkentni rivojlantirish uchun Belarusdan foydalanmoqchi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov Belarus elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Baxtiyor Rahmonov Belarus elchisini samimiy qarshi olar ekan, ikki tomon ham o‘zaro aloqalar rivojlanishidan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Toshkent shahar hokimligi birgalikdagi loyihalarga va keng ko‘lamli hamkorlikka ochiqligi va tayyorligini bildirdi”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida Leonid Marinich ham Belarus tomoni O‘zbekiston bilan munosabatlarni qadrlashi, hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini qayd etgan. U Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikka to‘xtalar ekan, bir necha yo‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish taklifini bildirgan:

  • Belarusda elektrobuslar, tramvaylarning hozirgi zamon talablariga javob beradigan yangi avlodi ishlab chiqarilayotganini ta’kidlab, ularni yetkazib berish;
  • Belarusda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi samarali qo‘llanilayotgani, davlat va jamiyat ishida foydali bo‘layotganligiga urg‘u berib, shu yo‘nalishdagi dasturiy mahsulotlardan “Raqamli Toshkent” loyihalarida foydalanish;
  • Toshkentda Belarusengilsanoatning savdo uyini ochish.

Baxtiyor Rahmonov Belarus elchisining takliflari Toshkent shahar hokimligining tegishli mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganilishi va davlatlarning hamkorlik aloqalari rivojlanishida Toshkent munosib hissa qo‘shishini ta’kidlagan. Shuningdek, bugungi kunda Minskda kommunal va obodonlashtirish tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnikalarga qiziqish bildirgan. 

Tomonlar amaliy muloqotlar davom etishini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing