Badavlat o‘zbekistonliklar Yangi yilda qaysi davlatlarga ketdi?

Bu qiziq

image

Sayyohlik qidiruv tizimining tahlilchilari Yangi yildan so‘ng oxirgi soatlar O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga chipta sotib olganlar hisobotini tuzdilar. Unga ko‘ra, bayramdan keyingi eng qimmat chipta Toshkentdan Singapurga 24 million so‘mga sotib olingan. 

Eng qimmat aviachiptalar reytingida ikkinchi o‘rin 23 million so‘m bilan qayd etilgan. 
Chipta Toshkentdan Los-Anjelesga bitta yo‘nalishli parvoz uchun xarid qilingan.  

Uchinchi o‘rinda esa Tailand poytaxti Bangkokka 22,5 million so‘mlik chipta orqali amalga oshirilgan parvoz turibdi. 

Keyingi o‘rinni esa 17,8 million so‘m Toshkentdan Singapur olingan chipta band etmoqda. 

Beshinchi o‘rin. Dubayda Yangi yil ta’tilini o‘tkazish uchun sayyoh 17,5 million so‘m to‘lagan. 

Oltinchi o‘rin. Toshkentdan Pxuketga sayohat besh yuz mingga arzonga tushgani aytilmoqda. 

Yettinchi o‘rin. Toshkent-Anqara reysi uchun 15,5 million so‘m sarflandi. 

Sakkinchi o‘rin. Sayyohlar 15 va 14 million so‘mdan chipta xarid qilib, Yangi yilni Tbilisida nishonlash uchun borishgan.  

To‘qqizinchi o‘rin. Toshkent-Yekaterinburg yo‘nalishidagi eng yaxshi 10 ta reys chiptalari 12,6 million so‘mdan sotilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing