BAA Ukrainaga 1300 ta generator berdi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Ukrainaga umumiy gumanitar yordam dasturi doirasida 100 million dollarlik 1300 ta generatorni topshirdi. Bu haqda “Vesti” Ukraina davlat mulki jamg‘armasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, generatorlar Dnepropetrovsk, Sumi, Xarkov va Chernigov viloyatlariga, shuningdek, Kiyevga yetkaziladi.

Davlat mulki jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, BAA 1200 donadan iborat generatorlarning birinchi partiyasini dekabr oyida Ukrainaga topshirgan.

Avvalroq BAA hukumati tomonidan Ukraina tinch aholisiga ajratilgan 100 million dollarlik gumanitar yordam paketi doirasida BAA Ukrainaga quvvati 3,5 dan 8 kilovattgacha bo‘lgan 2,5 ming dona maishiy elektr generatorlarini berishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing