BAA kompaniyasi Navoiyda quyosh fotoelektr stansiyasi qurishni boshladi

Jamiyat

image
Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatining Karmana tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishiga kirishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
  
Ma’lum qilinishicha, quvvati 100 MVt bo‘lgan FES qurilishi loyihasi davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur elektr stansiyasining ishga tushirilishi joriy yilning oktyabr oyiga rejalashtirilgan. U qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) asosida faoliyat yurituvchi sanoat miqyosidagi ilk generatsiya qilinadigan elektr stansiyasi bo‘ladi.
 
Qayd etilishicha, qurilish maydonchasida ob’ekt qurilishi uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma mavjud.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing