BAA bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston jiddiy yo‘qotishga uchradi

Sport

image

Jahon chempionati saralashi 3-turi doirasida Eron bilan o‘yinda sariq kartochka olgan “Rubin” klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov O‘zbekiston terma jamoasining BAA qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ashurmatov ikkita o‘yinda sariq kartochka olishi oqibatida O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi uchrashuvida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. 

Murabbiylar shtabi tomonidan uning o‘rniga “Paxtakor” klubi futbolchisi Diyor Xolmatov terma jamoaga jalb etildi.

Ma’lumot uchun, 3-bosqichning ortda qolgan 3 ta turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida 7 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. Xuddi shuncha ochko jamg‘argan Eron ikkinchi, 15 oktyabr kuni O‘zbekiston bilan to‘qnashadigan BAA esa 4 ochko to‘plab, 3-o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron BAA Jahon chempionati Rustam Ashurmatov Diyor Xolmatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing