“Yaponchik”ning qotili qo‘lga olindi

Olam

image

2009 yilda jinoyat olamida mashhur bo‘lgan “Yaponchik” laqabli Vyacheslav Ivankov o‘ldirilgan edi. Ushbu qotillikda ayblanib, Murtaz Shadaniyani hibsga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, unga qotillik ayblovlaridan tashqari, qurol savdosi aybi ham qo‘yilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Shadaniya “Yaponchik”ni yashirin ravishda kuzatgan. Ivankovni o‘ldirish va ushbu qotillikni amalga oshirgan jinoiy guruh a’zolarining xavfsizligini ta’minlash uchun uchun Moskvaga yashirin ravishda qurollar tranzitini yo‘lga qo‘ygan.

Ma’lumot o‘rnida, Vyacheslav Ivankov 2009 yilning 28 iyul kuni Moskvadagi Xoroshevskom shossesida joylashgan restoranlardan birida og‘ir yaralanadi. Ikki oy o‘tgach, olgan jarohatlari sabab vafot etadi. O‘sha paytda “Yaponchik” jinoiy  iyerarxiyaning yeng yuqori maqomi bo‘lmish “qonundagi o‘g‘ri” bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vyacheslav Ivankov “Yaponchik” Murtaz Shadaniya

Baholaganlar

1032

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar