Bahsli qaror. Mirzamatovga nohaqlik qilindimi?

Sport

Kecha, 16 sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Alpomish” muz saroyida MMA bo‘yicha Murodov professional ligasining 8-turniri o‘tkazildi.

Musobaqaning asosiy kard janglari boshlangunga qadar prelim kardda ham bir qator qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa ikki o‘zbekiston vakili Feruz Mirzaqobilov va Akromjon Dosimboyev o‘rtasidagi bahs kechaning eng yorqin janglaridan biri bo‘ldi. Haqiqiy shouga aylangan jangning 3-raundida sabmishen evaziga Mirzaqobilov g‘alabaga erishdi. Aynan mazkur jang ishtirokchilari MPL tomonidan maxsus bonusga ham ega chiqdi. 

Asosiy kardda eng eng yengil vaznda o‘zbekistonlik Jahongi Najmiddinov va ozarbayjonlik Agil Ahmedov jangi ham barchaning diqqat markazida bo‘ldi. Bahs davomida ozarbayjonlik sportchi Najmiddinovga kuchli qarshilik qilgan bo‘lishiga qaramay yakunda O‘zbekiston vakili 2-raundda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi.

Najmiddinov - Ahmedov to‘qnashuvidan so‘ng kechaning markaziy jangiga navbat berildi. Markaziy jang tengkurashlar ostida boshlandi. Garchi Chapanovning asosiy bazasi kurash bo‘lishiga qaramay, Mirzamatov ham parterda ancha faol bo‘ldi. Vaziyatlardan birida Mirzamatovning barmog‘i Chapanovning ko‘ziga kirib ketdi. Rossiyalik sportchi ko‘zi ko‘rmayotganini aytib jang qila olmasligini ma’lum qildi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Chapanov ko‘zidagi linzasi chiqib ketgani uchun bahsni davom ettira olmagan. 

2-raundgacha bo‘lgan ochkolar hisobiga ko‘ra esa aynan rossiyalik sportchining g‘alabasi qayd etildi.

Hakamlarning bahsli qaroridan arenaga yig‘ilgan muxlislarda norozilik keltirib chiqardi. 

Jang so‘ngida liga asosichisi Mahmud Murodov MPL 9 da ham Mirzamatov-Chapanov jangini tashkil qilishini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing