Bahslashish muammoni hal qilmaydi
Foydali
−
06 iyun 2019
3711Yirik kompaniyalarning munosib rahbarlari ziddiyat kuchayib borayotgan vaqtda o‘zini tinch va osoyishta tutishadi.
Biror-bir mavzu yuzasidan bahslashayotgan odamlar ko‘pincha bezovtalanib, ovozlarini ko‘tarishadi, bir-birlarini gapirayotgan vaqtda so‘zlarini bo‘lib, o‘zlarini haq ekanliklarini tobora ko‘proq isbotlashga urinishadi. Bunday vaziyatning oqibati ijobiy bo‘lmaydi. Buni nima sababdan paydo bo‘lishini tushunish ham qiyin emas. Bahslovchilardan biri o‘zini qanchalik ko‘proq g‘azablangan, shafqatsiz va keskin tarzda tutsa men g‘olib bo‘laman deb o‘ylaydi. Aslida esa buning aksi bo‘ladi.
Butun dunyodagi ko‘pgina yirik kompaniyalarning rahbarlari ziddiyat kuchayib borayotgan vaqtda o‘zini tinch va osoyishta tutishadi. Bu holatni suvda suzayotgan o‘rdakka qiyoslash mumkin. O‘rdak suvda, etashqi tomondan osoyishta va xotirjam ko‘rinadi, ammo uning oyoqlari suv ostida juda tez ishlaydi.
Boshqacha aytganda, mojaro avjiga chiqqanida aqilli inson xotirjam bo‘lib qolaveradi. Aqlini yo‘qotmaydi va his-tuyg‘ularga berilmaydi. U ob’ektiv holatda qoladi. Hatto boshqalar haqida butunlay boshqacha fikrda bo‘lsa ham, ular bilan xushmuomalada bo‘ladi.
Ibroniycha tilda “Men seni tez tushunishim uchun tezlikni pasaytirishim kerak” degan ibora borki, u men aytishim kerak bo‘lgan so‘zni bildirishga imkon beradi. Agar ziddiyat yoki tushunmovchilik yuz bersa, chuqur nafas oling va tezlikni sekinlashtiring.
Qanchalik g‘azabda bo‘lsangiz shunchalik shoshilmaslik kerak. Mojarodan qochishga harakat qilmang, sodir bo‘lgan voqeaga yanada chuqurroq kirib borishga harakat qiling. Nafas olib, chiqaring, bu yoga mashqi yoki Lamaz usuli deb ataladi, u tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Buni bir necha marta bajarish, o‘zingizga kelishingizga hamda sabr-toqatli bo‘lishingizga yordam beradi. Siz o‘zingizga “Bu vaqtni oladi va men sabr-toqat qilishga tayyorman”, deya ayta boshlaysiz.
Zarnigor Abdumalikova
LiveBarchasi