Bahrom Ashrafxonov yana bir lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2021 8450 1 daqiqa
O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi etib tayinlangan Bahrom Ashrafxonov mamlakat Prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Suhbat chog‘ida Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini yetkazishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Bahrom Ashrafxonov 2020 yilning 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangandi.
Bungacha esa u Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida ishlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025