Bahodir Jalolovning keyingi jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksda superog‘ir vaznda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini joriy yilning noyabr oyida o‘tkazadi. 

Aslida, 28 yoshli charm qo‘lqop ustasi navbatdagi jangini 15 oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida o‘tkazishi kerak edi, ammo uning raqibi argentinalik Ariyel Esteban Jalolovga qarshi ringga chiqishdan bosh tortdi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov profboksda 11 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning barchasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan. 

Eslatib o‘tamiz, Bahodir ayni vaqtda WBC reytingida 21-o‘rinni band etib turibdi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1041

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing