Bahodir Jalolov Olimpiada chempioni bo‘ldi (video)
Sport
−
08 avgust 2021
23632Bugun, 8 avgust kuni +91 kg vazn toifasida Tokio shahridagi “Kokugikan arena”da o‘tkazilgan Olimpiadaning final jangida jahonning birinchi raqamli bokschisi Bahodir Jalolov Olimpiya chempionligini qo‘lga kiritdi. U raqibi amerikalik Richard Torresni 5:0 hisobida taslim etdi va oltin medalga ega bo‘ldi.
Birinchi raund amerikalik bokschi foydasiga berilgan bo‘lsa-da, Jalolov ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi.
Shu tariqa, Jalolov O‘zbekiston delegatsiyasiga 3-oltin medalni taqdim etdi. Surxondaryolik bokschi faoliyati davomida Osiyo, Jahon va Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritishni uddaladi.
Bunga qadar, ushbu bokschilar 2019 yilda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining chorak finalida ham to‘qnash kelgan va unda Jalolov raqibini chuqur nokautga uchratgan edi.
LiveBarchasi