“Azovstal”dagi 265 nafar ukrain askari asir olindi – Rossiya Mudofaa vazirligi

Olam

image

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan Mariupol shahridagi ruslar nazoratiga o‘tmagan yagona inshoot "Azovstal"dagi ukrain askarlarining 265 nafari taslim bo‘ldi. Bu haqda “Meduza” Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkovga tayanib, xabar berdi.

Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar 16 maydan taslim bo‘lishni boshlagan. Kun davomida "Azovstal"ni 265 kishi tark etgan bo‘lib, ulardan 51 nafari og‘ir yaralangan.

Rossiya Mudofaa vazirligi vakili barcha yaradorlar tan olinmagan DXR kuchlari nazorati ostidagi Novoazovsk shifoxonasida davolanayotganini ma’lum qildi. Lekin qolgan taslim bo‘lgan askarlar qayerdaligiga aniqlik kiritmadi.

Eslatib o‘tamiz, 16 may kuni kechqurun Ukraina rasmiylari zavodni 264 harbiy tark etgani haqida xabar berdi. Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi sodir bo‘layotgan voqeani “qutqaruv operatsiyasi” deb atadi va tez orada "Azovstal" harbiylari almashinishini ta’kidladi. Prezident Vladimir Zelenskiy "Ukrainaga ukrainalik qahramonlar tirikligicha kerak" va ularni qaytarish uchun "noziklik va vaqt talab etishi"ni aytib o‘tdi.

Ukraina harbiylari "Azovstal"ni ikki oyga yaqin ushlab turdi. Aprel oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin zavodga hujumlarni to‘xtatish va uni to‘sib qo‘yish haqida buyruq berdi, biroq otishmalar davom etdi.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing