Azaliy mojaro: Isroil harbiylari 4 nafar falastinlikni yaraladi
Olam
−
16 aprel 2021 3959 1 daqiqa
Isroil harbiylari G‘arbiy sohilda falastinlik namoyishchilarga qarshi plastik o‘q otib, 4 kishini jarohatladi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
Falastinliklar Iordan daryosining g‘arbiy sohili va Ajratuvchi devorda yahudiylarning turar-joylarini kengaytirishga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazdi.
Norozilik aksiyalari Beyt Dekin va Kafr-Kaddum qishloqlarida bo‘lib o‘tgan.
Bundan tashqari, namoyishchilarning aksariyati ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ta’siridan aziyat chekkan. Isroil xavfsizlik kuchlarining harakatlariga javoban falastinliklar ularga tosh bilan hujum qilgan.
Ma’lumot uchun, Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Isroil 1967 yilda bosib olgan 250 dan ortiq yahudiy aholi punktlari mavjud. Ushbu hududlarda yashovchi 450 mingdan ortiq yahudiy ko‘chmanchilari g‘arbiy sohilda ishg‘ol ostida yashayotgan falastinliklarning hayotini yanada murakkablashtirmoqda.
Xalqaro qonunlarga ko‘ra, bosib olingan hududlarda joylashgan barcha yahudiy aholi punktlari noqonuniy hisoblanadi.
Live
Barchasi