Ayya Sofiya masjidida 88 yil ichida birinchi taroveh namozi o‘qildi (fotoreportaj)

Olam

image

Bugun, 2 aprel kuni tunda Istanbul shahridagi Ayya Sofiya (Avliyo Sofiya) masjidida so‘nggi 88 yil ichida ilk bor taroveh namozi o‘qildi. Bu maxsus namoz faqat musulmonlarning muqaddas Ramazon oyida xufton namozidan keyin o‘qiladi va tong otguncha davom etadi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil 10 iyul kuni Turkiya Davlat kengashi (Oliy sudi) Ayya Sofiyaga muzey maqomi berilgan 1934 yildagi Mustafo Kamol Otaturkning farmoyishini bekor qilgandi. Uning ortidan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ayya Sofiyani masjidga aylantirish to‘g‘risida qarorni imzoladi.

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Istanbulning zabt etilishi ramzi hisoblangan masjidda so‘nggi ikki yildan beri taroveh namozi o‘qilmagan. Bu safar Istanbulning turli burchaklaridan odamlar Ayya Sofiyada taroveh o‘qish uchun kelgan.

“Musulmonlar soni shunchalik ko‘p ediki, ularning ba’zilari quyosh chiqishini qo‘shni Sulton Ahmet maydonida namozda kutib olishdi. Turkiya Din ishlari boshqarmasi boshlig‘i Ali Erbash Turkiya va butun islom olami dindorlarini Ramazon oyi kirib kelishi bilan tabrikladi”, deya xabar bergan mahalliy nashrlar.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing