Qayta tashkil etilgan Fuqaro aviatsiyasi agentligiga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
09 mart 2019 6044 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Tolib Egamberdiyevich Uljayev O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.
Tolib Uljayev shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi etib qayta tashkil etilgandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr