Ayrim turdagi mahsulotlarga qo‘yilgan bojxona imtiyozi bir yilga uzaytirildi
Jamiyat
−
29 dekabr 2023
34072024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkalari belgilangan tovarlarga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan kecha, 28 dekabr kuni imzolangan “Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda so‘z borgan.
Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar 0105-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan yangi so‘yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlar (TIF TN kodi 0207) va kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalarini (TIF TN kodi 1512) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.
Qayd etilishicha, ushbu farmon aholining xarid kobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash hamda inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida qabul qilingan.
LiveBarchasi