Rasman: majburiy emlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid qo‘shimcha kiritildi.

“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingandan so‘ng kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

448

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing