Ayrim aholi qatlamlariga bir martalik yordam puli beriladi
Jamiyat
−
21 dekabr 2021
9972O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq joriy yilning dekabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:
- 2021 yil davomida "Temir daftar" ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
- 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
- 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.
LiveBarchasi