Ayrim hududlardan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Davlat komissiyasining bayonlari bilan ayrim hududlardan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini mamlkatdagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, quyidagi hududlarda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishini ko‘chirish imkoniyatiga ega:

•  komissiyaning 7-son bayoni bilan – Rossiyaning Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;
•  8-son bayoni bilan – Qrim va Sevastopol hududlari.

Xabar qilinishicha, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinadi. Talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

“Davlat test markazi tomonidan 1-30 noyabr kunlari o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinib, barcha ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilgan”, deyiladi xabarda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing