Ayni vaqtda Qamchiq dovonida qor yog‘moqda (video)

Jamiyat

image

Ayni vaqtda Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 228-250 kilometrlari oralig‘ida qor yog‘moqda. Yo‘llar ochiq, muzlamalar mavjud emas. Lekin asfalt nam bo‘lganligi bois sirpanchiqlik mavjud. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.  

“Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing