Ayolning rasmlarini eri va qaynotasiga ko‘rsatishini aytib, pul talab qilgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida yashovchi ayoldan tovlamachilik yo‘li bilan 10 ming AQSH dollari talab qilgan erkak ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

O‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida bu ikki shaxs 2019 yilda ijtimoiy tarmoq orqali tanishgani aniqlangan. Keyinchalik ayol o‘z oilasi bilan yarashib olgach, erkak uning intim foto va video tasvirlarini turmush o‘rtog‘i va qaynotasiga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, 10 ming dollar talab qilgan. 

Ayol o‘z oilasini saqlab qolish maqsadida erkakka dastlab ming, keyinchalik 700 dollar bergan. Biroq erkak undan yana 7 ming dollar talab qilgan. Shundan so‘nggina ayol erkakning ustidan ichki ishlar organlariga arz qilgan.

Joriy yilning 10 may kuni tovlamachi erkak 5 ming 800 dollarni olayotgan vaqtda ushlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing