Ayollarning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, Vatanimizning ham kayfiyati yaxshi bo‘ladi – Prezident

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi “Vodiy Shoes” fabrikasiga tashrifdan lavha taqdim etildi. Unda Prezident korxonadagi ayollar bilan suhbatlashib, ularga berilayotgan e’tibor haqida gapirdi.

“Kayfiyatlaringiz yaxshimi? Sizlarning kayfiyatlaringiz a’lo bo‘lsa, mening eng katta baxtim shu. Mana, ayollarga shuncha e’tibor beryapmiz, bu bejiz emas. Sizlarning kayfiyatlaringiz yaxshi bo‘lsa, oilaning kayfiyati yaxshi bo‘ladi, oilaniki bo‘lsa – mahalla, mahalla bo‘lsa – tumanniki, umuman, Vatanimizning kayfiyati yaxshi bo‘ladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari korxonada mahsulotlar turini ko‘paytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing