“Avtosanoat agro lizing”da Call-markaz o‘z faoliyatini boshladi!
Biznes
−
17 aprel 2023
4559Klasterlar va fermer xo‘jaliklari vakillari “Avtosanoat agro lizing”da tashkil etilgan aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish orqali lizing bo‘yicha barcha savollarga qisqa muddat ichida javob olishlari mumkin!
Sohaga aloqador barcha savollarga aksiyadorlik jamiyatimiz mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumot beriladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyati lizing oluvchilariga xizmat ko‘rsatish uchun Urganch shahrida Xorazm mintaqaviy filiali tashkil etildi.
Endi siz Toshkentga kelmasdan barcha zaruriy hujjatlarni Xorazm mintaqaviy filialining o‘zida rasmiylashtirib, texnikani olishingiz mumkin.
Eslatib o‘tish lozim, mamlakatimiz Prezidentining 11 noyabr 2021 yildagi 7-sonli hamda 28 iyul 2022 yilda 335-sonli qarorlari asosida qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari uchun ajratilayotgan 2 turdagi imtiyozli lizinglash mavjud bo‘lib, texnika umumiy qiymatining 15 foizi davlat tomonidan subsidiya asosida mijozga qaytariladi hamda lizing foizi davlat tomonidan subsidiyalanadi. Batafsil ma’lumotlarni call-markazdan olish mumkin.
Xorazm mintaqaviy filialiga bog‘lanish uchun:
+99897-721-77-87 | +99890-978-51-50
Sizlarga xizmat ko‘rsatishdan mamnunmiz!
Call-markaz:
+99871-207-10-73 | +99871-207-10-75
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi