Qoraytirilgan oynalar ortida kim bor?

Bu qiziq

image

Ko‘cha-ko‘yda har kuni avtomobillarga ko‘zimiz tushadi. Juda bo‘lmaganda, avtobus, taksi xizmatidan foydalanamiz va har kuni biror bir avtomobilning raqami e’tiborimizni tortadi. Yo raqam, yo unda keltirilgan harflar ketma-ketligi chiroyli bo‘ladi.

Xo‘sh, O‘zbekistondagi avtomobillarning harflari nimalarni anglatadi? Quyida shu haqda ma’lumot bermochimiz. Balki, yo‘llarda asqotib qolar. Har holda tusi qoraytirilgan oyna ortida qaysi amaldor ketayotganini kimning ham bilgisi kelmaydi deysiz.

1. PAA — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun;

2. PSS — O‘zbekiston Prezidentining xavfsizlik xizmati uchun;

3. PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari uchun;

4. APC — vazirliklar va davlat qo‘mitalari rahbariyati (vazirlarning o‘rinbosarlari) uchun;

5.  VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSV, PSF — ichki ishlar idoralari davlat raqami;

6. TSS, TST — davlat xavfsizlik idoralari davlat raqami;

7. ZDF — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari uchun;

8. DXA — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari uchun;

9. FVV — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uchun;

10. TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG — taksilar uchun;

11. D — diplomatlar (yashil rangli) uchun;

12. CMD — elchilar, vakillar (yashil rangli) uchun;

13. T — texnik personal (yashil rangli) uchun;

14. M — xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli) uchun;

15. X — konsulliklar, savdo vakolatxonalari (yashil rangli) uchun;

16. UN — BMT va tuzilmalarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi raqami (ko‘k rangli);

17. H - Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (sariq rangli).


Maqola muallifi

Teglar

Avtomobillarning davlat raqamlari

Baholaganlar

919

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar