Avtomobilda yo‘lovchi tashishni tartibga solish soddalashtiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 15 maydan 2022 yil oxirigacha avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.

Bunda:

yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransportlarda tashish yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;

yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransportlarda tashish litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;

litsenziya varaqasi 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi;

avtomobilda yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar “Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan o‘tgan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;

yakka tartibdagi tashuvchilar litsenziyaga ega korxonalarda hamda yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlar (agregatorlar) tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;

yakka tartibdagi tashuvchilarga yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi;

2021 yil 1 sentyabrgacha yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi;

yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;

yakka tartibdagi tashuvchilar qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 3 tonnagacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada to‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing