Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
Jamiyat
−
14 iyul 2023
8374Jamshid Yunusovich Tursunov Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bunga qadar u 2023 yil 16 yanvardan buyon Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Jamshid Tursunov 1979 yil Buxoro tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida u “O‘zsanoatqurilishbank” Buxoro mintaqaviy filiali boshlig‘i, “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi moliya-iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati avtomobil yo‘llarini va avtomobil transportini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.
2021-2023 yillarda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevni lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
LiveBarchasi