Avtomobil yo‘llari bo‘yidagi 3 mingdan ortiq yer auksionga qo‘yiladi

Jamiyat

image

2023 yilda avtomobil yo‘llari bo‘yida 3 mingdan ortiq yer maydonlari auksionga chiqariladi. Bu o‘z o‘rnida servis sohasida yangi ish o‘rinlari uchun katta imkoniyat bo‘lishi aytilmoqda. Bu haqda bugun,15 dekabr kuni  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Tadbirda 2023 yilning 1 apreliga qadar 60 mingta ko‘chma savdo shoxobchalari uchun yerlarni auksionga chiqarish topshirildi. Bu orqali kelasi yili kamida 200 ming aholi uchun daromadli ish o‘rni yaratiladi.

Uchinchi yo‘nalish – 8 milliard dollarlik 300 ta yirik loyihani ishga tushirish hisobiga, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, sanoat zonalarida 16 trillion so‘mlik 1300 ta loyihani ishga tushirish shart.

Mutasaddilarga kelgusi yilda tadbirkorlarga 536 ta noruda konlar va maydonlarni auksion orqali sotish, bunga investorlarni jalb qilib, qurilish materiallari sohasida yangi doimiy ish o‘rinlari yaratishga topshiriq berildi.

Umuman, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi investitsiya loyihalari va mahalliy sanoatda jami 320 mingta doimiy ish o‘rni yaratishga mas’ul bo‘lishi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

255

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing