Avtomobil raqamini “jasad” sababli yashirib olgan shaxs aniqlandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati hududida joylashgan avtomobil yo‘lida salonida inson jasadi borligini aytib, yolg‘on gapirib, jarimalardan qochish maqsadida avtomobil raqamini yashirib olgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, joriy yilning 7 yanvar kuni Jizzax viloyati hududida joylashgan “Manas-14” muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan ushbu maskandan harakatlanib o‘tayotgan davlat raqam belgisi ustiga “Gruz-200” yozuvi yozilgan qog‘ozni yopishtirib olgan Cobalt rusumli avtomobil to‘xtatilganda, haydovchi avtomobilda inson jasadini ayrim sabablarga ko‘ra olib ketayotganini aytgan.

Xolislar ishtirokida avtomobil saloni va yukxonasi tekshirilganda, haydovchining so‘zlari yolg‘on ekani, haydovchi yo‘llardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni me’yoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadida ana shunday yolg‘onni o‘ylab topgani ma’lum bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, avtomobil haydovchisiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi, 7,15-bandi (transport vositasida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini ko‘rinishini cheklaydigan, to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar o‘rnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan bo‘lsa)da belgilangan talablarni buzgani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi 2-qismi (davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish) tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1367

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing